Jo'rabek Egamberdiyev

Jo'rabek Egamberdiyev Entrepreneur / UAE resident
CEO ,
✈️ Dubay bo'yicha istalgan savolingizga javob beraman

Naftalan — Ozarbayjonnıng gʻarbiy qismida Goranboy tumani yaqinida joylashgan turistik ahamiyatiga ega shahar. Bu shahar...
05/05/2025

Naftalan — Ozarbayjonnıng gʻarbiy qismida Goranboy tumani yaqinida joylashgan turistik ahamiyatiga ega shahar. Bu shahar dunyoning koʻplab sayyohlarini jalb etadi. 1967-yil 28 apreldan respublikaga boʻysunuvchi shahar maqomini olgan. Naftalan haqida XI asrda yashab ijod etgan mashhur Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy „Xamsa“ asarida yozib oʻtgan. U hozirgi Naftalan yaqinida joylashgan Safi-Kurd deb nomlangan yeridan neft chiqishini va u karvonlar orqali boshqa oʻlkalarga joʻnatilishini qayd etib oʻtadi. XIII asrda yashab oʻtgan Yevropalik sayyoh Marko Polo ham Ozarbayjonning Naftalan degan hududidan shifobaxsh neft chiqishini va bu neft boshqa oʻlkalarga tashilganligini yozib qoldirgan. 1783-yilda bu yerdan Naftalan nefti qoʻl kuchi yordamida quduqlardan qazib chiqarilgan.. 1890-yilda olmon muhandisi E.İ.Yeger Naftalanda sanoat yoʻli, yaʼni burgʻulash usuli yordamida ilk bor 250 metr chuqurlikdan neft qazib chiqara boshladi. Lekin chiqqan neft uni hayratga soldi. Bu neft tarkibida hech bir benzin yoʻqligi va yonmasligi uning hayratiga sabab boʻldi. Bankrot arafasiga kelib qolgan olmon muhandisi bu yerdagi odamlardan dori vositalarini tayyorlashni oʻrganib oladi. Buning natijasida Naftalanda dori vositalari ishlab chiqaradigan farmasevtika fabrikasini quradi. Bu yerdan ishlab chiqarilgan dori-darmonlar tez orada boshqa yerlarda ham mashhur boʻlib ketadi.. Yeger ishlab chiqargan dorilari tayyorlanishini sir tutadi va uni monopoliyaga aylantiradi. Rus-Yapon urushi vaqtida yapon askarlarining choʻntagida doim naftalan darmon dorisi boʻlgan ekan. Oʻsha paytdagi qaydlarda shunday soʻzlar keltirilgan : „Kimning qoʻlida bu malham boʻlsa hech bir jarohatdan qoʻrqmasin“. XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida dunyonıng bir qator shaharlarida, jumladan, London, Hamburg, Qohira, Tokio kabilarda Ozarbayjonda ishlab chiqarilgan, lekin olmon nomi ostida tanilgan Naftalan darmon dorisi keng tarqalgan.

1) Sayohatdan oldin, niyyatni to'g'rilab olish kerak. Safar Sayohat qilishdan maqsad, nyyat, Payg'ambarimiz S.A.V.aytgan...
21/04/2025

1) Sayohatdan oldin, niyyatni to'g'rilab olish kerak. Safar Sayohat qilishdan maqsad, nyyat, Payg'ambarimiz S.A.V.
aytganlaridek " Safar qiling -
Salomat bo'lasiz" bolishi kerak
2) Sayohatga chiqgan odam qaytmaydi - Sababi u safardan butunlay boshqa odam bolib qaytadi
3)Sayohatga chiqishdan oldin munosib hamroh tanlash kerak. Safarda asl fe'l-atvor ko'rinadi, chunki qiyinchiliklar odamni sinaydi
4) Sayohat qilish uchun juda ko'p pul kerak deb
o'ylaydiganlar bor. Shuni bilingki,bunday o'ylaydiganlar kam sayohat qilganlar yoki umuman sayohat qilmaganlardir. Ko'p sayohat qilib Shuni bildimki, Sayohat qilish uchun judayam ko'p pul kerak bo'lmaydi
5) Musofir bo'lmaguncha-musulmon bo'lmas, degan ibora ba'zi sayohatlardan keyin amin bo'lganman

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Jo'rabek Egamberdiyev posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share