23/12/2025
Welcome to Uzbekistan🇺🇿
Agar O‘zbekistonga kelsam, qayerga boraman?
BMB Global Sayohat tashabbusi bilan Qirg‘izistondan kelgan tur agentlari O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qildi.
🇰🇬🇺🇿Qadimiy Buxoro va Samarqand, Zominning sof havosi, Bo‘stonliqning tog‘li manzaralari, Toshkentning zamonaviy va tarixiy qiyofasi barchasi bir yo‘nalishda jamlandi.
Bu sayohat orqali O‘zbekistonning turizm salohiyatini, qulay yo‘nalishlarini va mehmondo‘stligini qardosh xalqlarimizga yaqindan ko‘rsatdik.
Videoda – mehmonlar fikri, haqiqiy taassurotlar va bir savolga javob bor:O‘zbekistonga kelib nima qilish mumkin?
Javob esa oddiy: Ko‘rish, his qilish va yana qaytib kelish.
Videoning to‘liq shaklini You Tube kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin. 👉🏻 https://youtu.be/QdPZ6xFwF4c