Doppi Power

Doppi Power Yevropada Ta'lim / Ish / Sayohat

“O‘zbekistonlik yigitning yo‘li: mahalliy tajribadan Yevropa jamoasiga, va endi – Vatanga missiya bilan qaytish!” 🌍🇺🇿Men...
23/08/2025

“O‘zbekistonlik yigitning yo‘li: mahalliy tajribadan Yevropa jamoasiga, va endi – Vatanga missiya bilan qaytish!” 🌍🇺🇿

Mening marketingdagi sayohatim O‘zbekistonda boshlandi.
Men BrandEx, Polyglot Education Centre va US Start Trucking LLC kabi kompaniyalarda ishlash orqali ilk tajribamni to‘pladim. Bu davrda men biznesni yuritish, marketing strategiyalarini tuzish va jamoani rivojlantirishning asl mohiyatini o‘rgandim.

Ammo bu faqat boshlanish edi. ✈️

Keyin men Yevropaga yo‘l oldim. Magistratura davomida (Business Informatics & Marketing, Vengriya) stajyor sifatida CraftHub Kft – Yevropaning eng yirik IT event management kompaniyalaridan birida ish boshladim. Oddiy internshipdan men qisqa fursatda xalqaro marketing jamoasining to‘laqonli a’zosiga aylandim.

CraftHub — bu oddiy kompaniya emas. U Prezi va IBM Budapest Labdan tug‘ilgan spin-off bo‘lib, butun Yevropa bo‘ylab konferensiyalar, hackathonlar, developer musobaqalari va treninglarni tashkil qiladi. Bizning mijozlarimiz va hamkorlarimiz — Google, Microsoft, Bosch, SAP, Siemens, Ericsson, Nokia, Morgan Stanley, Vodafone, Tesco Technologies kabi dunyo gigantlari. 🌍

Bu davrda men nafaqat marketing va brend strategiyasi bo‘yicha tajriba oldim, balki 15 ta davlat va 40 dan ortiq shaharlarni kezdim. Har bir sayohat menga yangi saboqlar berdi: turli biznes modellarini o‘rganish, turli madaniyatlar bilan ishlash va global kompaniyalarning ichki jarayonlarini tushunish va sayohatlar menga tajribadan ham ko‘proq narsa berdi — ular menga keng dunyoqarash, global fikrlash va hech qanday chegaralardan qo‘rqmaslikni o‘rgatdi 🚀.

Men shu jarayonda xalqaro marketing, brend strategiyasi, va event management bo‘yicha bebaho tajriba oldim.

Bugun men Vatanga qaytdim. 🇺🇿
Endi maqsadim — O‘zbekistondagi bizneslarni global miqyosda raqobat qila oladigan darajaga olib chiqish. Chunki men bitta narsaga qat’iy ishonaman:

📌 O‘zbekiston bizneslari nafaqat ichki bozorda, balki butun dunyoda o‘z o‘rnini egallashga loyiq!

Cím

Egyetem Tér 1
Gyor
9026

Értesítések

Ha szeretnél elsőként tudomást szerezni Doppi Power új bejegyzéseiről és akcióiról, kérjük, engedélyezd, hogy e-mailen keresztül értesítsünk. E-mail címed máshol nem kerül felhasználásra, valamint bármikor leiratkozhatsz levelezési listánkról.

Megosztás

Kategória