31/10/2023
✍🏻 26-29 oktabr kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida Tourism Expo Japan 2023 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
⚡️ INTEX Osaka xalqaro ko'rgazma markazida O'zbekiston yana bir bor o'zining milliy stendini taqdim etdi. Joriy yilda Oʻzbekiston stendida Turizm qoʻmitasi, “Milliy PR markazi” DUK, Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi, shuningdek, mahalliy sayyohlik kompaniyalari ishtirok etmoqda.O'zbekiston turistik salohiyat bilan tanishish va mamlakat tur brendini targ'ib qilish maqsadida milliy stend bilan chiqish qilindi.
📌 Ma’lumot uchun: Tourism EXPO Japan 2023 – yilning eng yirik tadbirlaridan biri bo‘lib, unga 70 ta davlatdan 100 mingdan ortiq mehmonlar – turizm sohasi mutaxassislari ham, xususiy mehmonlar ham tashrif buyurishadi. Ko‘rgazmada 1275 dan ortiq kompaniya va sayyohlik tashkilotlari ishtirok etmoqda.
🇺🇿Toshkent shahar Turizm boshqarmasi Matbuot xizmati🇺🇿