vodiy_aeroport

vodiy_aeroport � Biz Bilan Parvoz Qiling�

🇺🇿“Yorqin payshanba” doirasida chegirmalarni sovg’a qilishda davom etamiz! Faqat 2023-yil 2-noyabr kuni Uzbekistan Airwa...
01/11/2023

🇺🇿“Yorqin payshanba” doirasida chegirmalarni sovg’a qilishda davom etamiz!

Faqat 2023-yil 2-noyabr kuni Uzbekistan Airways Toshkentdan Milan, Parij hamda Pekin parvozlari uchun tarif narxidan 20% chegirma e’lon qiladi.

Aksiya bir kun davomida, soat 00:00 dan 23:59 gacha mavjud va e’lon qilingan jadval tugaguniga qadar yuqorida ko‘rsatilgan barcha reyslar uchun amal qiladi.

🇷🇺Продолжаем дарить скидки в рамках акции «Яркий Четверг»!

Только один день, 2 ноября 2023 года, Uzbekistan Airways объявляет 20% скидку от стоимости тарифов на рейсы из Ташкента в Милан, Париж, Пекин и обратно.

Акция действует в течение одного дня, с 00:00 до 23:59, и применяется ко всем упомянутым выше рейсам до конца опубликованного расписания. 

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️

Toshkent – Madina yo'nalishida parvozni amalga oshirayotgan samolyot uchish aeroportiga qaytdi“Panorama Airways” aviakom...
27/10/2023

Toshkent – Madina yo'nalishida parvozni amalga oshirayotgan samolyot uchish aeroportiga qaytdi

“Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent –   Madina yo‘nalishi bo‘yicha UZP-361 reysini amalga oshirayotgan samolyot parvozdan ikki soat o‘tib Toshkent aeroportiga qaytib keldi.

Mahalliy vaqt bilan soat 13:37 da bortida 377 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Texnik sabablarga ko'ra uchish aeroportiga qaytish haqidagi qaror ekipaj tomonidan qabul qilingan.

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️

🏆O‘zbekistondagi qishloq Britaniya gazetasi talqiniga ko‘ra dunyoning eng go‘zal top-10 qishloqlari qatoriga kirdi.Nurot...
27/10/2023

🏆O‘zbekistondagi qishloq Britaniya gazetasi talqiniga ko‘ra dunyoning eng go‘zal top-10 qishloqlari qatoriga kirdi.

Nurota tog‘lari va Qizilqum cho‘li oralig‘ida joylashgan Sentob “Eng yaxshi sayyohlik qishloqlari 2023” tanloviga ariza topshirgan 260 ta joylar o‘rtasida raqobatlashdi.

🎯Ular ushbu mezonlar — madaniy va tabiiy meros, infratuzilma, aholi salomatligi va xavfsizligi, shuningdek, ijtimoiy va ekologik barqarorlik bo‘yicha baholandi.

Maqola mualliflari sayyohlarga Nurota-Qizilqum qoʻriqxonasi, ziyoratgohlar, sharsharalarni ko’rishni, pazandachilik sinflarida qatnashishni, mevali bogʻlarda sayr qilishni tavsiya qildar🤤

🤔U yerga qanday borish mumkin?
Avval Navoiyga boramiz, keyin mashinada Sentobga haydaymiz.

🚅 Mana chiptalar:

15.11 Buxoro-Navoiy (Afrosiyob) 98 387 so‘m

16.11 Toshkent-Navoiy (Afrosiyob) 218 ​​303 so‘m

16.11 Samarqand-Navoiy (Afrosiyob) 117 076 so‘m

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️

🇺🇿Sizni Urganch shahridagi ochiq muloqotga taklif qilamiz! Uzbekistan Airways faoliyatiga oid savollaringiz bormi? 31-ok...
27/10/2023

🇺🇿Sizni Urganch shahridagi ochiq muloqotga taklif qilamiz!

Uzbekistan Airways faoliyatiga oid savollaringiz bormi? 31-oktabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida aviakompaniya vakillaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin bo‘ladi.

Sayyor qabulda ishtirok etishni xohlovchilar Xorazm viloyati SSP hududiy boshqarmasiga kelishlarini so‘raymiz. Manzil: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 23-uy, soat 11:00 da.

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️

🇹🇷🇷🇺✈️ 28 Oktyabr Shanba kuni FARG'ONA dan amalga oshiriladigan qatnovlar:✈️ Vnukovodan - Farg'onaga (04:10)            ...
27/10/2023

🇹🇷🇷🇺✈️ 28 Oktyabr Shanba kuni FARG'ONA dan amalga oshiriladigan qatnovlar:

✈️ Vnukovodan - Farg'onaga (04:10)     
      Farg'onadan - Vnukovoga (05:10)      
Fokker 100, Azimuth Airlines , A4 9197/9198

✈️ Qozondan - Farg'onaga (05:55)  
      Farg'onadan - Istanbulga (08:50)  
Airbus320neo, Uzbekistan Airways, HY 652/277

✈️ Vnukovodan - Farg'onaga (15:05)  
      Farg'onadan - Vnukovoga (16:35)  
Airbus320N, Uzbekistan Express, HY9628/9627

✈️ Istanbuldan - Farg'onaga (20:45)  
      Farg'onadan - Toshkentga (21:45)  
Airbus320neo, Uzbekistan Airways, HY 278/082

☝️ ma'lumotlar mahalliy vaqt bilan ko'rsatilgan. 
☝️yaqinlaringizni xabardor qilishni unutmang!

Manba: Farg'ona aeroport
👉

😊Yoqimli Parvoz Tilaymiz!✈️

🇪🇸Madridda tashrif buyurishga joylar: sayohatdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa👇😍Qayerda chiroyli sayr qils...
25/10/2023

🇪🇸Madridda tashrif buyurishga joylar: sayohatdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa👇

😍Qayerda chiroyli sayr qilsa bo’ladi?

🔸Mashhur Cibeles maydoni
🔸Buen-Retiro sayilgohi
🔸Gran-Via ko'chasi
🔸Qirollik majmuasi
🔸Avliyo Frensis bazilikasi
🔸San Miguel bozori

😋Mazali taomlar qayerda?

🐠 El Cantabrico (dengiz mahsulotlari)
🍽 Bibo Dani Garcia restorani
🍔 Goiko Grill (ko'cha taomlari)
🌿 honest greens kafesi
🍹 Riu Plaza Espana (Madridning go'zal manzarasiga qarab kokteyl ichishga)

🤔Mahalliy aholi nimani tavsiya qiladi?

🔸El Rastro suvenirlar bozori
🔸Berlin jazz-kafesi
🔸Callao maydoni
🔸Atocha bekatidagi tropik bog'
🔸Chiroyli insta-suratlar uchun metropolis binosi📸

Eslatib o’tamiz, oldinroq biz Toshkent-Madrid yo’nalishida parvozlar yo’lga qo’yilganligi haqida habar bergan edik!

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️
vodiy_aeroport Aviasales

🇺🇿Kuzgi ma’yuslikdan qutuling, axir ertaga “Yorqin Payshanba"!     26-oktyabr kuni Uzbekistan Airways “Yorqin payshanba”...
25/10/2023

🇺🇿Kuzgi ma’yuslikdan qutuling, axir ertaga “Yorqin Payshanba"!

26-oktyabr kuni Uzbekistan Airways “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Toshkentdan Moskvaga va ortga qaytuvchi, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch, Farg’onadan Istanbulga va ortga qaytuvchi, Namangandan Omsk, Ufa va ortga qaytuvchi yo‘nalishlarning parvozlar jadvali tugagunga qadar aviachiptalar tariflari narxiga 20% chegirma e’lon qiladi. Aviachiptalarni chegirma bilan sotib olishga shoshiling va qishki sayohatingizni rejalashtirishni boshlang!

Chegirma faqat bir kun, 26-oktyabr soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi va yuqoridagi barcha reyslarga taalluqlidir!

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️
vodiy_aeroport

🇹🇷🇺🇿✈️ 25 OCTYABR  Chorshanba  kuni FARG'ONA  orqali amalga oshiriladigan qatnovlar:   ✈️ Qozondan - Farg'onaga (05:55) ...
25/10/2023

🇹🇷🇺🇿✈️ 25 OCTYABR Chorshanba kuni FARG'ONA orqali amalga oshiriladigan qatnovlar:

✈️ Qozondan - Farg'onaga (05:55)
Farg'onadan - Istanbulga (08:50)
Airbus 320neo, Uzbekistan Airways, HY 652/277

✈️ Farg'onadan - So'xga (08:00)
So'xdan - Farg'onaga (10:00)
AN-2, Humo Air, UZB 9414/9415

✈️ Istanbuldan - Farg'onaga (20:50)
Farg'onadan - Toshkentga (21:50)
Airbus 320neo, Uzbekistan Airways, HY 278/082

☝️ ma'lumotlar mahalliy vaqt bilan ko'rsatilgan.
☝️yaqinlaringizni xabardor qilishni unutmang!

Manba: Farg'ona aeroport
👉

😊Yoqimli Parvoz Tilaymiz!✈️

24/10/2023

🤗Vodiyda duv-duv gap!

Qatar Airways 2024-yil mart oyidan boshlab Toshkent-Doha-Toshkent yoʻnalishida parvozlarni yoʻlga qoʻyadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Centrum Air Toshkentdan Dohaga haftada bir marta — dushanba kunlari parvoz qiladi.

—————

Авиакомпания Qatar Airways запустит рейсы Ташкент-Доха-Ташкент в марте 2024 года.

Напоминаем, что на данный момент Centrum Air совершает полёты из Ташкента в Доху раз в неделю — по понедельникам.

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️
vodiy_aeroport Aeroport Tashkent Дешевые авиабилеты по всему миру Tashkent International Airport (TIA) Uzbekistan Airways VODIY AXBOROTI

Address

Navro'z Ko'chasi 22-uy
Fergana
151303

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when vodiy_aeroport posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to vodiy_aeroport:

Share

Category