O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali

⭕️BUXGALTERIYA HISOBI O‘QUV KURSI YAKUNLANDI!⭕️Bugun O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali qoshida tashkil ...
17/07/2026

⭕️BUXGALTERIYA HISOBI O‘QUV KURSI YAKUNLANDI!

⭕️Bugun O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali qoshida tashkil etilgan “Buxgalteriya hisobi” o‘quv kursining ilk tinglovchilari kursni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

⭕️Hozirgi k***a siz ijtimoiy, iqtisodiy yoki texnik sohada faoliyat yuritishingizdan qat’i nazar, moliyaviy operatsiyalarni to‘g‘ri bajarish muhim ahamiyat kasb etadi.

📚 Ushbu kurs orqali:
🟢 Buxgalteriya hisobining asoslari
🟢 Amaliy moliyaviy hisob-kitoblar
🟢 Real ish jarayoniga mos ko‘nikmalarni to‘liq amaliy tarzda o‘rganasiz.

📌 Darslar amaliy shaklda olib boriladi!
👨‍🎓 Kursda qatnashishni istaganlar uchun:

🟢Manzil: Iqtisodiyot va turizm kafedrasi
📞 Telefonlar: +998 97 326 07 01 | +998 93 293 76 16

🚀 Kelajagingiz uchun muhim bilimlarni bugundan boshlang!

🇺🇿 Sayt 🌐Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐You tube

🔺   ⭕️“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”⭕️O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqillig...
17/07/2026

🔺

⭕️“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

⭕️O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

⭕️Tadbir davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar, xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida atroflicha fikr almashildi.

⭕️Shuningdek, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, tinchlik va osoyishtalikni asrash, millatlararo totuvlikni mustahkamlash har bir fuqaroning muhim burchi ekani alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilar yurtimiz ravnaqi va farovon kelajagini ta’minlashda yoshlarning bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va mas’uliyatli bo‘lib kamol topishi muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

⭕️Davra suhbati savol-javoblar, qizg‘in muhokamalar va samimiy fikr almashuvlar ruhida o‘tdi. Tadbir ishtirokchilarida mustaqillik ne’matlarini qadrlash, Vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga intilish ruhini yanada mustahkamladi.

🔺Bugungi avlod – ertangi taraqqiyot bunyodkori!

🇺🇿 Sayt 🌐Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐You tube

⭕️ ⭕️Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sin...
17/07/2026

⭕️

⭕️Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi.

⭕️Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi majmuasida yuqori tashkiliy darajada ikki smenada o‘tkazilmoqda.

⭕️Mazkur jarayonlarda O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari faol ishtirok etib, abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

⭕️Targ‘ibot davomida filialda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, sifatli ta’lim tizimi, keng imkoniyatlar hamda qulay o‘quv muhiti haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

⭕️Ayniqsa, yangi o‘quv yilidan boshlab ta’lim yo‘nalishlari kengaytirilgani, zamonaviy o‘quv binolari, axborot-resurs markazlari va innovatsion laboratoriyalar faoliyati abituriyentlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

⭕️Eslatib o‘tamiz, O‘zMU Jizzax filiali 12 ta bakalavriat, 5 ta masofaviy ta’lim hamda 9 ta magistratura yo‘nalishlari orqali yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

⭕️Hurmatli abituriyentlar! Siz ham zamonaviy bilim va mustahkam kelajak sari ilk qadamingizni O‘zMU Jizzax filiali bilan boshlang!

🇺🇿 Sayt 🌐Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐You tube

⭕️ ⭕️Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sin...
17/07/2026

⭕️

⭕️Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi.

⭕️Test sinovlari Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida yuqori tashkiliy darajada ikki smenada o‘tkazilmoqda.

⭕️Mazkur jarayonlarda O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari faol ishtirok etib, abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

⭕️Targ‘ibot davomida filialda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, sifatli ta’lim tizimi, keng imkoniyatlar hamda qulay o‘quv muhiti haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

⭕️Ayniqsa, yangi o‘quv yilidan boshlab ta’lim yo‘nalishlari kengaytirilgani, zamonaviy o‘quv binolari, axborot-resurs markazlari va innovatsion laboratoriyalar faoliyati abituriyentlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

⭕️Eslatib o‘tamiz, O‘zMU Jizzax filiali 12 ta bakalavriat, 5 ta masofaviy ta’lim hamda 9 ta magistratura yo‘nalishlari orqali yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

⭕️Hurmatli abituriyentlar! Siz ham zamonaviy bilim va mustahkam kelajak sari ilk qadamingizni O‘zMU Jizzax filiali bilan boshlang!

🇺🇿 Sayt 🌐Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐You tube

⭕️   ⭕️  📍Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul boshlandi.📚 Abituriyentmisiz...
17/07/2026

⭕️ ⭕️

📍Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul boshlandi.

📚 Abituriyentmisiz? Har tomonlama qulay va maqbul universitetni tanlashga qiynalyapsizmi? Unda hech ikkilanmay Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga hujjatlaringizni topshiring!

📆📍Murojaat uchun telefon raqamlari:

☎️+998(72) 226-04-87
☎️+998(72) 226-04-92
☎️+998(72) 226-05-16
☎️+998(97) 439-19-12

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube

⭕️   📚 O‘zMU Jizzax filialida kitobxonlik yo‘nalishida test sinovlari boshlandi⭕️Bugungi k***a yoshlar o‘rtasida mutolaa...
17/07/2026

⭕️

📚 O‘zMU Jizzax filialida kitobxonlik yo‘nalishida test sinovlari boshlandi

⭕️Bugungi k***a yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan kitobxonlik yo‘nalishida test sinovlari boshlandi.

⭕️Mazkur sinovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F-43-son Farmoyishi, Davlat komissiyasi majlisining 69-3-son bayoni hamda Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

⭕️Test jarayonlari boshlanishidan avval talabalarga ushbu sinovlarning mazmun-mohiyati, tartibi va baholash mezonlari yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

⭕️Sinovlar davomida talabalarning mutolaa madaniyati, badiiy va ilmiy adabiyotlar bo‘yicha bilim darajasi, shuningdek, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda.

⭕️Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Sayt 🌐Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐You tube

⭕️  ⭕️O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida qabul jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda🔺Mirzo Ulu...
17/07/2026

⭕️

⭕️O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida qabul jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda

🔺Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida keng ko‘lamli tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

🔺Xususan, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqish maqsadida filialda maxsus maslahat markazlari hamda Call-markazlar o‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu markazlar orqali fuqarolarning qabul jarayoniga oid barcha savollariga batafsil javoblar berilmoqda.

🔺Hozirgi k***a tajribali mutaxassislar tomonidan abituriyentlar va ota-onalar bilan individual suhbatlar tashkil etilib, ta’lim yo‘nalishlari, qabul tartibi, hujjat topshirish jarayonlari va yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

🔺Shu bilan birga, qabul jarayonlarini keng targ‘ib qilish maqsadida hududlarda targ‘ibot materiallari tarqatilmoqda, banner va afishalar joylashtirilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ham faol axborot berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu orqali yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.

🔺Mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zMU Jizzax filiali direktori O.Turakulov qabul jarayonlari tashkil etilgan hududlarda bo‘lib, Call-markazlar hamda maslahat punktlari faoliyatini ko‘zdan kechirdi. U yerda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatlarni qabul qilish va tezkor javob berish tizimi bilan tanishib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

🔺Mazkur ishlar abituriyentlar uchun ochiq, shaffof va qulay qabul muhitini yaratish, ularning to‘g‘ri tanlov qilishiga ko‘maklashish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

🔺Eslatib o‘tamiz, qabul jarayonlari davom etmoqda va barcha abituriyentlar filial tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan faol foydalanishlari mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook

⭕️ 🔺O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga tizimli va keng ko‘lamli o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, kodeksnin...
17/07/2026

⭕️

🔺O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga tizimli va keng ko‘lamli o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, kodeksning XIX bobiga 276-1 dan 276-13 gacha bo‘lgan butunlay yangi 13 ta modda qo‘shildi hamda mazkur bob konseptual jihatdan kengaytirilib, «Jamoat xavfsizligiga, aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar» deb qayta nomlandi.

🔺Bundan tashqari, qonunchilikda atamalar 100 foiz unifikatsiya qilinib, barcha tegishli moddalarda «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari» jumlasi yagona standart sifatida mustahkamlandi.

🇺🇿 Sayt 🌐Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐You tube

Address

Sharof Rashidov Ko‘chasi 256/uy
Jizzakh
130100

Telephone

+998722260170

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali:

Shortcuts

Share