23/03/2023
🕋 Kichik Haj hisoblangan Umra faqat quyidagi xususlarda hajdan farq qiladi:
⠀
🔅 Haj farz amal bo'lsa, umra sunnati muakkadadir
🔅 Umrada Arafotda vuquf qilinmaydi
🔅 Umrada Muzdalifada turish yo'q
🔅 Umrada shaytonga tosh otish yo'q
🔅 Umrada 2 vaqt namozini jam qilish yo'q
🔅 Umrada qudum tashrif tavofi qilinmaydi
🔅 Umrada vido tavofi ham yo'q
⠀
🕋 Haj qiluvchi kishilar ehromni bog'lash uchun oldindan belgilab qo'yilgan:
⠀
💫 Poklanib, sochlarini olib yoki qisqartirib Makkaga borish uchun hozirlik ko'radilar
💫 Ehromga kirib 2 rakat namoz oʻqiladi
💫 Hajda Kaʼba 7 marta tavof qilinadi
💫 Safo va Marva tepaliklari orasida 7 marta yuguradilar, soʻngra zam zam suvidan ichadilar
💫 Arafot vodiysi va tog'ida turish vuqufi boshlanadi. Ziyoratchilar u yerda xutba esh*tadilar, ibodat qiladilar va namoz o'qiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi
💫 Soʻngra hojilar Muzdalifa vodiysiga yo'l oladilar. U yerda tongga qadar ibodat bilan mashg'ul boʻlinadi
💫 Zulhijja oyining 10-kuni qurbon hayitidan boshlab 3-4 kun Mino vodiysida shaytonlarga tosh otiladi va jonliq so'yib, qurbonlik qilinadi
💫 Madinaga borib Muhammad (s.a.v.) qabrini ziyorat qilish ham Haj vaqtida bajariladigan amalga aylangan
💫 Bir kishi boshqa odam uchun Haj arkonlarini ado etishi ham mumkin. Bu hajji badal deb ataladi.
⠀
🤲 InshaAlloh Umra va Haj ibodatlarini birgalikda ado etaylik!