Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi

Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi, Travel Company, Surxondaryo viloyati, Termiz.

20/02/2026
Surxondaryo viloyat Turizm boshqarmasi tashabbusi bilan “Euronews” telekanali muxbirlari Termiz tumanidagi “Airitom” erk...
09/02/2026

Surxondaryo viloyat Turizm boshqarmasi tashabbusi bilan “Euronews” telekanali muxbirlari Termiz tumanidagi “Airitom” erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan shart-sharoitlar, ikki davlat tadbirkorlik subyekti vakillariga berilayotgan yengilliklar va imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil tanishishdi.

Ma’lumot uchun: Euronews – Yevropaning kundalik 24 soatlik axborot telekanali boʻlib, jahon voqealarining video xronikasi va audio sharhlarini oʻn uch tilda namoyish etadi. Kanalga 1993-yil 1-yanvarda asos solingan bo‘lib, shtab kvartirasi, Fransiyaning Lion shahrida joylashgan.
Euronews kabel, sunʼiyyoʻldosh va radioesh*ttirishlari dunyoning 150 mamlakatidagi (Yevropa, Afrika, Osiyo, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, shuningdek, Yaqin Sharq) 294 milliondan ortiq xonadonlarni qamrab oladi

Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatining ziyorat, tibbiyot, gastronomik, arxeologik, eko, etno hamda ekstremal...
27/01/2026

Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatining ziyorat, tibbiyot, gastronomik, arxeologik, eko, etno hamda ekstremal turizmi rivojlangan hududlarni bogʻlovchi turizm marshrutlari ishlab chiqildi.

“Yoshlar turizm haftaligi” “Yoshlar turizm haftaligi” doirasida viloyatimizdagi ko‘plab tashkilotlar sayyohatga chiqishd...
20/01/2026

“Yoshlar turizm haftaligi”
“Yoshlar turizm haftaligi” doirasida viloyatimizdagi ko‘plab tashkilotlar sayyohatga chiqishdi. Mamlakatimizning har bir hududi o‘ziga xos turistik jozibaga ega. Qadim o‘tmishdan so‘zlovchi tarixiy yodgorliklarni ko‘rish, boy merosimizni o‘rganish har bir kishida milliy o‘zlikni anglash, an’ana va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantiribgina qolmay, o‘z vatani tarixini bilishga, ajdodlar merosini o‘rganish orqali shu yurt farzandi ekanligidan faxr, g‘urur tuyg‘ularini rivojlantiradi.
O'quvchilarga yangi yil ta'tili berilishi munosabati bilan viloyatmizdagi o'quvchilari Buxoro, Samarqand va boshqa mamlakatimizdagi sazovor joylarga sayohatda bo'lib qaytishdi. Ular olam-olam taasurotlar bilan qaytishdi. Mazkur sayohatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi yoshlarning qishki ta’til davrini samarali va mazmunli tashkil etish, shuningdek “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ularning qalbida Vatanga muhabbat va milliylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Ushbu sayohatlar dam oluvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

 Surxondaryo ziyorat turizmi: o‘tmish merosi va bugungi imkoniyatlar muhokama qilindi 📆Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy...
15/12/2025



Surxondaryo ziyorat turizmi: o‘tmish merosi va bugungi imkoniyatlar muhokama qilindi

📆Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Surxondaryo vohasi ziyorat turizmi imkoniyatlari: o‘tmish va bugun” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Tadbirda soha mutaxassislari, olimlar va ta’lim muassasalari vakillari tomonidan O‘zbekistonda mahalliy va xalqaro ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari, ilmiy va diniy turizmning mazmun-mohiyati, “Ziyorat odobi”, “Halol turizm” konsepsiyasi, shuningdek, Surxondaryoda ziyorat turizmini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni haqida ma’ruzalar qilindi.

📚Konferensiya davomida turizm xavfsizligini ta’minlash, tarixiy-ma’naviy merosni asrab-avaylash va uni keng jamoatchilikka targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Har yili Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni yuqori kayfiyat bilan kutib olamiz, o‘zgacha shukuhda bayram qilamiz. Bu ...
05/12/2025

Har yili Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni yuqori kayfiyat bilan kutib olamiz, o‘zgacha shukuhda bayram qilamiz. Bu bejiz emas. Uning qadr-qimmati, ahamiyatini har birimiz dil-dildan his etamiz.

Chunonchi, Konstitutsiya mamlakatimiz mustaqilligining huquqiy poydevori, inson huquq va erkinliklarining kafolati, birdamlik zanjiri, tenglik mezonidir. Davlatning erkin va adolatli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik davlat bo‘lishida Konstitutsiyaning ahamiyati cheksiz.

U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.

Zero, davlat qurilishida Konstitutsiya va qonunlar ustuvor bo‘lar ekan, mamlakatda taraqqiyot bo‘ladi, adolat bo‘ladi, farovonlik bo‘ladi. Bu esa, ertangi kuniga ishonch bilan yashayotgan xalqimiz uchun juda muhimdir.

Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz. Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Asosiy Qonunimiz jahondagi eng mukammal konstitutsiyalardan biri ekanligini butun dunyo tan oldi. U har jihatdan ixcham va keng qamrovliligi, xalqchilligi bilan alohida ajralib turadi.

18/11/2025

Omonxona qishlog‘i BMT Turizm tashkilotining turizm qishloqlarini rivojlantirish dasturiga kiritildi

BMT Turizm tomonidan navbatdagi “Eng yaxshi turizm qishloqlari” (Best tourism villages) loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi.


Omonkhona Village included in UNWTO tourism villages development programme

UNWTO has announced the winners of the latest “Best Tourism Villages” project.


Деревня Омонхона включена в программу развития туристических деревень ООН Туризм

ООН Туризм объявила победителей очередного проекта «Лучшие туристические деревни» (Best Tourism Villages).

Omonxona qishlog‘i BMT Turizmning “Rivojlantirish dasturi”ga kiritildiBMT Turizm tomonidan e’lon qilingan navbatdagi “En...
18/11/2025

Omonxona qishlog‘i BMT Turizmning “Rivojlantirish dasturi”ga kiritildi

BMT Turizm tomonidan e’lon qilingan navbatdagi “Eng yaxshi turizm qishloqlari” tanlovida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Omonxona qishlog‘i “Rivojlantirish dasturi” (Upgrade Programme) doirasiga kiritildi.

Ushbu xalqaro loyiha dunyo bo‘ylab qishloq hududlarining o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari, tabiiy go‘zalliklari va turizm salohiyatini asrab-avaylash hamda rivojlantirishni maqsad qilgan. Joriy yilda mazkur tanlovga Afrika, Amerika, Osiyo va Yevropa mintaqalaridan 65 ta mamlakatning 270 dan ortiq qishloqlari nomzod sifatida taqdim etilgan.

Omonxona qishlog‘i xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanib, dunyoning istiqbolli turizm manzillari qatoriga kiritildi. Bu Surxondaryo viloyati va umuman O‘zbekiston turizm sohasi uchun muhim xalqaro e’tirofdir.

Tog‘li hududda joylashgan Omonxona qishlog‘i o‘zining tabiiy manzaralari, shifobaxsh buloqlari, tarixiy yodgorliklari, boy nomoddiy madaniy merosi hamda mehmondo‘st aholisi bilan ajralib turadi. So‘nggi yillarda qishloqda turizm infratuzilmasini yaxshilash, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

2024-yilda esa qishloqqa “O‘zbekistonning turizm qishlog‘i” maqomi berilgan edi.

Omonxonaning BMT Turizmning “Rivojlantirish dasturi”ga kiritilishi — bu nafaqat yutuq, balki qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish, yangi turizm markazlarini yaratish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning amaliy samarasidir.

17/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi 173-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qarorlari tasdiqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil23-oktabrda "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va ...
10/11/2025

Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil
23-oktabrda "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1090-son qonuni qabul qilindi

Сурхондарё – Нақшбандия йўлининг юраги  Туркия ва Индонезияда Сурхондарё вилоятининг зиёрат ва туризм салоҳияти фаол тар...
29/10/2025

Сурхондарё – Нақшбандия йўлининг юраги

Туркия ва Индонезияда Сурхондарё вилоятининг зиёрат ва туризм салоҳияти фаол тарғиб қилинди.

🇹🇷 Туркиянинг Истанбул шаҳридаги Ўзбекистон Бош консуллигида Нақшбандия тариқатига асосланган зиёрат туризми имкониятлари тақдим этилиб, Сурхондарёнинг маънавий мероси ҳақида маълумот берилди.

🇮🇩 Шунингдек, Жакартадаги Ҳалол Туризм Ярмаркасида Сурхондарёнинг тасаввуфий марказлари ва зиёратгоҳлари халқаро меҳмонларга таништирилди.

Ушбу тарғибот ишлари натижасида 2026-йилда Сурхондарёга 50 мингга яқин зиёратчи ва сайёҳ келиши кутилмоқда.

Вилоятда жойлашган тўртта йирик зиёрат маскани — Хожа Алоуддин Аттор, Хожа Муҳаммад Зоҳид, Исо Термизий ва Имом Ат-Термизий мақбаралари халқаро эътиборга тушиб, Нақшбандия тариқатининг муҳим манзиллари сифатида тан олинмоқда.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevralda “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ...
07/10/2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevralda “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-44-sonli qarorining 9.1-bandiga asosan Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining ziyorat, tibbiyot, gastronomik, arxeologik, eko, etno hamda ekstremal turizmi rivojlangan hududlarni bog‘lovchi turizm marshrutlar ishlab chiqildi.

Address

Surxondaryo Viloyati
Termiz
190100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998762233521

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category