Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Call Directions Website Contact the business

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati г. Термез улица Баркамол Авлод, 46 190100

19/09/2026

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan sportning “Pekiti-Tirsia Kali” turi bo‘yicha navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etildi

  Voha bo‘ylab “DIQQAT, BOLALAR!” tadbiri jarayonlariViloyat bo‘ylab profilaktik oylik doirasida har bir tuman-shahar YH...
19/09/2026



Voha bo‘ylab “DIQQAT, BOLALAR!” tadbiri jarayonlari

Viloyat bo‘ylab profilaktik oylik doirasida har bir tuman-shahar YHXX xodimlari tomonidan maktablarda o‘quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, yo‘lni belgilangan piyodalar o‘tish joylaridan kesib o‘tish, svetofor ishoralariga amal qilish hamda yo‘llarda to‘siqlar, to‘xtab turgan avtomashinalar yonidan qatnov qismlarga yugurib chiqmasliklari yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati intizomi — bolalikdan boshlanadi!

Oliy taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash choralari oʻrganildiOliy ta’lim muassalalarida talabalar xavfsizligin...
19/09/2026

Oliy taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash choralari oʻrganildi

Oliy ta’lim muassalalarida talabalar xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda zamonaviy xavfsizlik mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida “Xavfsiz talaba” platformasini joriy etish bo‘yicha hududlarda amaliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayon doirasida Surxandaryo viloyati prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali hamda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-yoshlar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va turli salbiy holatlarning oldini olish, davomatni nazorat qilish hamda xavfsiz ta’lim muhitini shakllantirish borasida yo‘lga qo‘yilgan mavjud tizim va mexanizmlar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida hududda xavfsizlikni ta’minlash holati, o‘quv binolari va talabalar turar joylarida olib borilayotgan profilaktik ishlar, videokuzatuv tizimlarining samaradorligi, talabalarning kirish-chiqishini nazorat qilish mexanizmlari hamda bu borada mas’ul xodimlar faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Oliy taʼlim muassasalarida Qoʻriqlash xizmati tomonidan «tashvish tugmasi» moslamalarini oʻrnatish, ularni markazlashgan qoʻriqlash tizimiga integratsiya qilish hamda favqulodda holatlarda tezkor chora koʻrish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shu bilan birga, taʼlim muassasalari rahbarlari bilan hamkorlikda xavfsizlik choralarini izchil takomillashtirib borish va texnik qoʻriqlash vositalaridan samarali foydalanish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Surxondaryo viloyati IIBda ayollar bilan navbatdagi sport mashg‘uloti o‘tkazildi.Surxondaryo viloyati ichki ishlar organ...
19/09/2026

Surxondaryo viloyati IIBda ayollar bilan navbatdagi sport mashg‘uloti o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining jangovar va jismoniy tayyorgarligini ta’minlashga oid yillik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar rejasiga ko‘ra viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar bilan navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimalarga asosan sport gimnastikasi, sport akrobatikasi, yengil atletika, voleybol, shaxmat, stol tennisi, badminton sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali ularning jismoniy va psixologik shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish, tezkorlik, shuningdek, xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni ta’minlash hamda yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalash hisoblanadi.

19/09/2026

Surxondaryo viloyati IIB rahbariyatining tashabbusi bilan ichki ishlar organlari xodimlari oila a’zolari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Oltinsoy tumanida  mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildiSurxondaryo viloyati IIB JXX JTSB...
19/09/2026

Oltinsoy tumanida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
Surxondaryo viloyati IIB JXX JTSB boshlig‘i Islom Jumaev hamda Oltinsoy tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari Xudoyberdi Xursandov “Jobu” va “Marmin” mahallalarida bo‘lib, mahalla yettiligi hamda profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida hududdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Bunday manzilli o‘rganishlar mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish va profilaktika ishlarini kuchaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, profilaktika inspektorlarining xizmat uylari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, uy-joy bilan ta’minlanganlik holati hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Hududda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan patrul-post xizmati xodimlari bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi. Xodimlarga xizmatni hushyorlik bilan tashkil etish, huquqbuzarliklarga o‘z vaqtida munosabat bildirish, jamoat tartibini ta’minlash hamda xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Asosiy e’tibor — mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va aholi xavfsizligini mustahkamlashga qaratilmoqda.

19/09/2026



Yo‘l bezorilarining ishi sudda muhokama qilindi

Sariosiyolik qoidabuzarlarga to‘yda taransport vositalari bilan guruh bo‘lib harakatlanib, ushbu jarayonda boshqa harakat ishtirokchilariga nisbatan behurmatlikda ifodalangan harakatlarni sodir etganligi uchun belgilangan tartibda chora ko‘rildi.

Haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan bir nafari esa 15 sutka ma’muriy qamoqqa olindi.

JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ🏛Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talaba...
19/09/2026

JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ

🏛Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talaba yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
🔊Ushbu uchrashuvda TDTUTF Davolash fakulteti dekan o`rinbosari F.Xayitov, TDTUTF profilaktika inspektori M.Qamariddinov, filial xotin qizlar masalalari bo`yicha direktor o`rinbosari N.Himmatova hamda 60 nafar talabalar ishtirok etishdi.

🔹Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida uchrashi mumkin bo‘lgan turli huquqbuzarlik va jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

📢Targʻibot Tadbirlari davomida giyohvandlik hamda psixatrop vositalarining inson salomatligiga, jamiyat va mamlakat kelajagiga salbiy taʼsiri, uning ogʻir oqibatlari, shuningdek, narkojinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslari toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

🔹 Talabalarga turli noqonuniy holatlarga duch kelganda to‘g‘ri yo‘l tutish, shubhali vaziyatlardan o‘zini asrash hamda zarur hollarda tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📌Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning huquqiy bilim va mas’uliyatini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishdan iborat.

📹Tadbir davomida kiberxavfsizlik masalasida ham to`xtatilib o`tildi mas`ullar tomonidan kerakli tushunchalar berilib Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Axborot texnalogiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan yaratilgan “APK-qoʻriqchi” dasturi talabalarning telefoniga o`rnatib berildi bu dastur telefondagi zararli dasturlardan himoya qilishi tushuntirildi.

Termiz davlat pedagogika instituti Tabiy va aniq fanlar fakulteti talabalariga 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar “Talaba...
19/09/2026

Termiz davlat pedagogika instituti Tabiy va aniq fanlar fakulteti talabalariga 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar “Talaba xavfsizligi” oyligi doirasida “Huquqiy bilim – shaxsiy xavfsizlik kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida institut inspektori B. Allaberdiyev tomonidan talabalarga yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlari, internetdagi firibgarliklar, pul tikish o‘yinlari, giyohvandlik hamda ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishdan saqlanish, shuningdek, kuz-qish mavsumi yaqinlashayotgani munosabati bilan, is gazidan zaharlanish, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmaslik hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Oylikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yangi o‘quv yilida talabalarning xavfsiz muhitda ta’lim olishlari va yashashlarini ta’minlash hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishdir

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan sportning “Pekiti-Tirsia Kali” turi bo‘yicha navbatd...
19/09/2026

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan sportning “Pekiti-Tirsia Kali” turi bo‘yicha navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2026-yil 09-apreldagi 208-son buyrug‘iga asosan tashkil etilgan o‘quv-yig‘inlarida ishtirok etib tegishli sertifikatga ega bo‘lgan instruktorlar tomonidan o‘tkazildi.
Tashkil etilgan sport mashg‘ulotlarida xodimlarning jismoniy bardamligi, jangovar tayyorgarligi va xizmat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni k***a ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan xodimlar uchun qo‘l jangi, boks, kurash, sambo, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, sport gimnastikasi, sport akrobatikasi, yengil va og‘ir atletika, suvda va sportcha suzish, futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi hamda badminton kabi sport turlari bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jismoniy tayyorgarlik ichki ishlar xodimlaridan talab etiladigan tezkor va jangovar vazifalarni bajarishda muhim omil bo‘lib, ularning psixologik barqarorligi, quvvati va tashabbuskorligini yanada mustahkamlaydi. Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalardan foydali va mohirona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Surxondaryo viloyati IIB tomonidan bunday tadbirlarning muntazam tashkil etilishi ichki ishlar xodimlarining doimiy ravishda yuqori jismoniy formada bo‘lishini ta’minlab, fuqarolar xavfsizligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Address

Termiz
190100

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati:

Share